Asosiy qismga oʻtish
KIMMAN

SHARTLAR

Oxirgi oʻzgarish: 11.11.2026

Kimman nima

Kimman — oʻzingizni yaxshiroq bilish uchun psixologik testlar va psixologlar katalogi. Testlardan foydalanib, siz shu shartlarga rozilik bildirasiz.

Bu tashxis emas

Test natijasi moyilliklaringizni koʻrsatadi, xolos. U shifokor yoki psixolog bilan suhbat oʻrnini bosmaydi va tibbiy tashxis hisoblanmaydi.

Agar oʻzingizga zarar yetkazish haqida oʻylayotgan boʻlsangiz yoki xavf ostida boʻlsangiz, darhol 103 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Psixologlar

  • Katalogga faqat diplomi tekshirilgan psixologlar chiqadi. Lekin biz ularning ishi sifatiga kafolat bermaymiz.
  • Qabul, narx va toʻlov — siz bilan psixolog oʻrtasidagi kelishuv. Kimman bu kelishuvning tomoni emas.
  • Psixolog oʻzi haqida toʻgʻri maʼlumot beradi, mijozlar natijalarini sir saqlaydi va ularni faqat mijoz roziligi bilan ishlatadi.
  • Psixolog yaratgan testlar uning oʻziniki yoki litsenziyasi foydalanishga ruxsat beradigan boʻlishi kerak.

Mumkin emas

Bu qoidalar buzilsa, hisobni toʻxtatib qoʻyishimiz yoki oʻchirishimiz mumkin.

  • Spam, soxta hisoblar, boshqa odam nomidan yozish.
  • Saytni avtomatik yuklab olish, xizmatni buzishga urinish.
  • Boshqa odamning natijasini uning ruxsatisiz tarqatish.

Testlar va manbalar

Har bir testning manbasi va litsenziyasi uning sahifasida koʻrsatilgan. Natijangizni ulashishingiz mumkin; test matnlarini nusxalab boshqa joyda tarqatish uchun litsenziyaga qarang.

Javobgarlik

Xizmat «boricha» taqdim etiladi. Biz uni barqaror ishlatishga harakat qilamiz, lekin uzilishlar va xatolar boʻlmasligiga kafolat bera olmaymiz.

Aloqa va oʻzgarishlar

Savollar uchun: salom@kimman.uz. Shartlar oʻzgarsa, yangi sanani shu sahifaning boshida koʻrasiz.